O‘zini o‘zi band qilganlar uchun faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi

“Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-noyabrdan quyidagi 10 ta faoliyat turi o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro'yxatiga kiritiladi:

• uy hayvonlari (qoramol, qo'y, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati;
• avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati;
• rieltorlik xizmatini ko'rsatish (ijaraga uy topib berish, uy sotib olish va sotishga ko'maklashish);
• uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati;
• maishiy buyumlarni ijaraga berish xizmati (stol-stul, idish-tovoq, asbob-uskuna va boshqalar);
• gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash);
• tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash;
• yog'och mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni to'qish;
• uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va ko'chatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam to'qish va sotish;
• kulolchilik.