"O‘zmilliybank" Andijon viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini 2 yil ichida ikki baravar oshirishni rejalashtirgan

O‘zmilliybank” AJ aholisi zich bo‘lgan Shahrixon tumanida savdo majmuasining qurilishini moliyalashtirdi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun bank tomonidan 5,7 milliard so‘mlik kredit ajratildi.

Mazkur savdo majmuasining bir kunlik o‘rtacha savdo hajmi qariyb 15 million so‘mni tashkil etadi.

– Ushbu savdo majmuasida xaridorlar va sotuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Majmuada go‘daklardan tortib, keksa yoshdagi aholi vakillarigacha bo‘lgan barcha iste’molchilar uchun mahsulotlar sotiladi, – deydi ish boshqaruvchi Ibrohim Tursunov.

Bunga erishish uchun 2021-2022 yillarda viloyatda umumiy miqdori 380,1 milliard so‘mga teng 140 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning 20 foizi “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati hissasiga to‘g‘ri keladi.