O‘zMU xalqaro reytingda O'zbekistonning “Eng yaxshi innovatsion universiteti”, deya e’tirof etildi

WURI reyting aniqlash agentligi O‘zMU ilk bora O‘zbekistondan birinchi bo‘lib ishtirok etgan OTM ekanligi alohida qayd etgan va universitetimiz eng yaxshi innovatsion universitetlari reytingida kuchli 300 talik universitetlar qatoridan 101+200 o‘rinni egallaganligi ko‘rsatib yozgan.
O‘zbekiston milliy Universiteti WURI global umumiy reytingida 101 – 200 o‘rin bilan O‘zbekiston Respublikasidan mazkur reytingga kirgan yagona universitet bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni egalladi:
Sanoat dasturlari bo‘yicha innovatsion loyihalari – 51 – 100 o‘rin;
Talabalarning harakatchanligi va faolligi – 52 – 100 o‘rin;
Axloqiy qadriyatlar bo‘yicha innovatsion loyiha – 51 – 100 o‘rin;
WURI global umumiy reytingida – 101 – 200 o‘rin.
“World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi – AQSH, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil etilgan dunyo reytingi hisoblanadi.






