Pandemiya paytida omborlarda to'plangan neft zaxiralari deyarli tugab qoldi

Koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz vaqtida vujudga kelgan mislsiz neft zaxiralari deyarli yo'q bo'lib ketdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Fevral holatiga ko'ra, u Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma’lumotlarini keltirishicha, omborxonalarda to’plangan yoqilg’i hajmining beshdan bir qismidan kam qolyapti. O'shandan beri qoldiqlar yanada qisqargan, deya ta'kidladi Bloomberg. XEA ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yil iyul oyida butun dunyo bo'ylab omborxonalarda 2015-2019 yillardagi o’rtacha qiymatga nisbatan ko’proq – 249 mln. barrel joylashtirilayotgan edi, fevral oyida esa bu ortiqchalik 57 mln. barrelgacha qisqardi, deya xabar beradi agentlik.

Tovar-moddiy zaxiralarning kamayishi yoqilg'iga bo'lgan talabning oshishi va narxlarning ko'tarilishi ortidan kuzatildi. Qit'alararo fond birjasi ma'lumotlariga ko'ra, Brent nefti 16 aprel kuni savdolarini bir barreli uchun 66,7 dollar darajasida yakunladi. Rossiya, Saudiya Arabistoni va boshqa OPEC mamlakatlari inqirozgacha bo'lgan darajaga nisbatan ishlab chiqarishni 10 foizga qisqartirishdi va faqatgina aprel oyining boshlarida, birinchi marta 2021 yilda ular may, iyun va iyul oylarida ishlab chiqarish hajmlarini oshirishni boshlashga kelishdilar. Yoqilg'i narxining ko'tarilishi yoqilg'i ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni xursand qiladi, ammo inflyatsiyadan qo'rqqan avtomobil egalari va hukumatlarni tobora ko'proq tashvishga soladi, ta’kidladi Bloomberg.