Para dzyudochimiz Sharif Xalilov bronza medalni qo’lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudochimiz Sharif Xalilov -100 kg vazn toifasida tatamiga chiqdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga aylandi. Sharif Xalilov London-2012 Paralimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shunday qilib O‘zbekiston sport delegatsiyasining Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan medallari soni 12taga yetdi. Vakillarimiz hisobida to‘rttadan oltin, kumush va bronza medallari mavjud va terma jamoamiz umumiy hisobda 12-pog‘onani egallab turishibdi.