Paralimpiya o‘yinlari ochilishida kimlar bayroqdorimiz bo‘lishi ma’lum qilindi

Xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston paralimpiya sport delegatsiyasi a’zolari Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jo‘nab ketishdi. Shu munosabat bilan Milliy paralimpiya qo‘mitasida vakillarimizni tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov para yengil atletikachilarimiz – Muhammad Rexsimov hamda Nurxon Qurbonova Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishini e’lon qildi.






