Paralimpiyachilarimiz Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga rekord darajada yo‘llanmalar qo‘lga kiritdi

24 - avgustdan 5-sentyabgacha bo'lib o'tadigan Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida milliy terma jamoamiz O'zbekiston sport tarixidagi rekord darajada, ya'ni 55 ta yo'llanmalarni qo'lga kiritdi.

Bu albatta bejizga emas, so'nggi yillarda yurtboshimiz sportga va paralimpiyachilarga berilayotgan e'tiborlari va ishonchlari, shuningdek tayorgarlik jarayonining bosqichma-bosqich yo'l xaritasi ishlab chiqilganligi muhim rol o'ynadi.

Yo'llanmalar asosan 8 Parasport yo'nalishi bo'yicha qo'lga kiritildi:
1. Para-yengil atletika - 19 ta
2. Para-suzish - 12 ta
3. Para-kanoe - 3 ta
4. Para-taekvondo - 3 ta
5. Para-o'q otish - 1 ta
6. Para-dzyudo - 12 ta
7. Para-akademik eshkak eshish - 2 ta
8. Para-pauerlifting - 3 ta