Paralimpiyachilarimiz Tokioga yo'l oldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-avgustidan 5-sentyabriga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasida delegatsiyamiz aʼzolarini Tokio shahriga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, sportchilar va ularning ota-onalari, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga sportning 8 turida 55 ta yoʻllanma qoʻlga kiritgan.






