Parij - 2024 yo‘lidagi turnirda o’zbek sportchilari 16 ta medalni qo’lga kiritdi

Qozog‘istonning Almati shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha 4 kun davom etgan reyting musobaqasi kutilgan va kutilmagan natijalari bilan o’z poyoniga yetdi.
Kutilganidek, mamlakatimiz sportchilari mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medallariga musharraf bo‘lishdi.
Yunon-rum kurashchilarimizdan Abror Ataboyev 67 kg vazn toifasida oltin medalga egalik qilishi, 55 kg da Jasurbek Ortiqboyev, 60 kg da Muhammadqodir Yusupov, 72 kg da Mahmud Baxshilloyev, 87 kg da Jalgasbay Berdimuratov, 97 kg da Rustam Assakalov bronzali bo‘lishi, ayollar kurashida 50 kg da Jasmina Immayeva, 55 kg da Shohida Ahmedova kumush medallarga, 53 kg da Aktenge Keunimjayeva, 57 kg da Laylo Sobirova, 65 kg da Ariuxan Jumabayeva kuchli kurashchilar bilan o‘tgan bahslar sarhisobida bronza medallarini qo‘lga kiritishi natijalar eʼtiborli ekanligidan dalolat beradi.
65 kilogramm og‘irlikda ikki nafar sportchimiz qatnashdi. Umidjon Jalolov yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Tulgi Tumur Ochir tomonidan maxf etilib bronza medaliga ega chiqdi.
Finalgacha barcha bellashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan, bu yo‘lda reyting musobaqalarini qatorasiga besh marta yutgan hindistonlik eng nomdor sportchi Bayranga Puniani dog‘da qoldira olgan Rahmonov oltin medal uchun kurashda mo‘g‘ulistonlik Jahon chempionati sovrindori Tulgi Tumur Ochir bilan bahslashdi. Lekin kumush bilan kifoyalandi.
Shuningdek, ushbu reyting turnirida erkin kurashchilarimizdan Zafarbek Otaxonov (70), Magomed Ibragimov (97), Bobur Islomov (86) bronza medallari sovrindori bo’lishdi.






