«Parij-2024»ning dastlabki narxlari qanday?

"Parij-2024" tashkiliy qoʼmitasi rahbari Toni Estange yetakchiligidagi mutaxassislar Fransiya poytaxtida oʼtadigan Olimpiya oʼyinlarining ochilish marosimi jarayonida sportchilar shahardagi Sena daryosi boʼylab sayohat qilishlari kontseptsiyasini ishlab chiqdi.

Oʼyinlarning rasmiy tantanalari esa stadionda tashkil etilib, unda 600 ming nafar tomoshabin qatnashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin oʼyinlar davomida har kuni 30 ming nafar xavfsizlik xodimi safarbar qilinishini aytgan. Ochilish marosimida ularning soni 35 ming nafarga koʼpayishini taxmin qildi.

Shuningdek, platformalardagi oʼrindiqlar 90 yevrodan 2700 yevrogacha boʼlishi kutilmoqda. VIP-stend qavatdagi joylar narxi 5500 yevrodan boshlanishi, eng yuqori narxlar esa kruiz kemasidan Sena yaqinidagi sport delegatsiyalarini koʼrishga imkon beradigan joy boʼlishi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislarning xulosalariga koʼra, narxlar potentsial mijozlarning fikridan kelib chiqqan holda keng bozor tadqiqotlaridan soʼng eʼlon qilinmoqda.

P.S. Parijda oʼtadigan yozgi Olimpiya oʼyinlarining ochilish marosimi 2024-yil 26-iyul kuni boʼlib oʼtadi.