Parij 2025-yilgacha ilk teleferik tizimini yo’lga qo’yadi

Dunyodagi eng ko'p sayyohlarni o'ziga jalb qiluvchi shaharlardan biri bo'lgan Parij yangi teleferik (kanat) tizimi bilan o’z transport strukturasini yanada kengaytirish niyatida.
Qurilishi rejalashtirilayotgan C-1 liniyasi Creteil va Villeneuve-Sent-Jorjning janubi-sharqiy chekkalaridan Parij metrosigacha bo’lgan maydonni bosib o’tadi. Umumiy 4.5 kilometr masofa 17 daqiqa davomida bosib o’tiladi. Bu esa avtobusda sayohat qilish uchun ketadigan vaqtning yarmi deganidir.
Mintaqaviy transport boshqarmasi bosh menejeri Loran Probstning aytishicha, kanat yo'li qurilishi joriy yilda boshlanadi va liniya 2025 - yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
C1 ning taxminiy narxi 132 million yevro (taxminan 145 million dollar)ni tashkil qilmoqda. Bir kunda taxminan 11 000 kishiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.
Yo’lovchilar oqimi kuchli paytlarda kabinalar intervali 30 soniya qilib belgilanadi. Har bir salonda 10 tagacha yo'lovchi uchun joy bo'ladi.






