Parijda Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumi boʻlib oʻtmoqda

Joriy yil 28-30-noyabr kunlari Fransiya poytaxti Parijda “Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumi” oʻtkazilmoqda. Ushbu forum shu kunlarda Fransiya poytaxtida har yili anʼanaviy tarzda oʻtadigan “Campus France–2022 uchrashuvlari” doirasida boʻlib oʻtmoqda. Forumning ilk kunida 10 ga yaqin hamkorlik hujjati imzolangan.

Ushbu forumda ishtirok etish maqsadida hozirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi bir guruh oliy taʼlim muassasalari rahbarilaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Parijda boʻlib turibdi.

Fransiya universitetlaridan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar ishtirokidagi mazkur xalqaro tadbir fransuz oliy taʼlimi va xorijdagi tadqiqotlar jozibadorligini oshirishga yordam beradigan maxsus muloqot maydoni hisoblanadi.

Tashrif doirasida ikki davlat oliy taʼlim sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bir qator kelishuvlarga erishish hamda yakkama-yakka muloqotlar olib borish, mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari va Fransiya taʼlim maskanlari bilan hamkorlikda madaniy tadbirlar ham oʻtkazish koʻzda tutilgan.