Parijda oʼzbek-fransuz biznes forumi oʼtkazildi

Bugun,18-noyabr kuni Parijda Oʼzbekiston va Fransiya ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum oʼtkazildi.
Forumda har ikki mamlakatning sohaga masʼul idoralari mutasaddilari, xususan, Fransiya savdo vaziri Olive Besht hamda Oʼzbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delagatsiya, yetakchi tadbirkorlar ishtirok etdi.
Forum doirasida «B2B» va «G2B» formatida muzokaralar oʼtkazildi, xizmat koʼrsatish, energetika, transport, suv taʼminoti, togʼ-kon sanoati, farmatsevtika, qishloq xoʼjaligi, turizm, taʼlim va yana boshqa koʼplab sohalardagi oʼzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.






