Parijda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ikkita ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning noyabr oyida Parijda O‘zbekistonga bag‘ishlangan ikkita ko‘rgazma: 2022-yil 24-noyabrdan 2023-yil 6-martga qadar Luvrda “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” ko’rgazmasi hamda 2022-yil 22-noyabrdan 2023-yil 4-iyungacha Arab dunyosi institutida “Samarqandga yoʻl, Oʻzbekistonning rang-barangligi va koʻrki” nomli ko'rgazma o'tkaziladi.

“Parijda deyarli bir vaqtning oʻzida ikkita koʻrgazma boʻlib oʻtadi va ular Oʻzbekiston madaniyati hamda sanʼatining koʻp qirrali koʻrinishini taqdim etib, mamlakatimizning noyob merosini global madaniy kontekstda namoyish etadi, bu biz uchun asosiy vazifalardan biridir”, — deya ta’kidlagan jamg‘arma boshqaruvi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

Arab dunyosi institutida oʻzbek toʻqimachilik va milliy liboslari: kashtachilik, toʻqimachilik, yogʻoch oʻymakorligi va kumush buyumlarga bagʻishlangan koʻrgazma namoyish etiladi. Luvrdagi ko‘rgazmada O‘zbekiston muzeylari kolleksiyalaridan islomgacha bo‘lgan davrdan Temuriylar davrigacha bo‘lgan durdona asarlar namoyish etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rgazmada Buxoro amirligi davri tarixidan hikoya qiluvchi 12 ta miniatyura namoyish etiladi.Tomoshabinlarga birinchi marta Marko Poloning XIII asr oxirida yaratgan, Marko Poloning Osiyoga qilgan sayohatlari haqidagi hikoyalarini o‘z ichiga olgan XIV asr kitobining nusxasi namoyish etiladi. Ushbu ko'rgazma Fransiya Milliy kutubxonasi tomonidan taqdim etiladi.

Shuningdek, ko‘rgazmadan Savitskiy muzeyi asarlari va sharqshunos rassomlarning avangard rasmlari ham o‘rin olgan.