Parijda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchixonasi vakillari Fransiyaning “Dassault Systemes” kompaniyasi vitse-prezidenti Jak Beltran bilan respublikamizning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ilg‘or xorijiy tajribani jalb etish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda muxbir.
Uchrashuvda sanoatni raqamlashtirishda ilg‘or muhandislik texnologiyalarini qo‘llash, raqamli transformatsiya markazlarini yaratish kabi sohalarda O‘zbekistonda mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. .
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustambayev Fransiya tomonini mamlakatimiz hukumati tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Muhandislik, aniq fanlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash respublika ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangani alohida ta’kidlandi.
Fransiya tomoni “Dassault Systemes” O‘zbekistonda mashinasozlik va xomashyo qazib olish sohasida tajribaga ega ekanligini ta’kidladi. Xususan, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi “UzAuto Motors”, “UzAuto Motors Powertrain” korxonalari bilan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan, hamda Artel kompaniyasi bilan xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar yaratish bo‘yicha raqamli yechimlar joriy etilmoqda. Shuningdek, tomonlar 2017-yildan buyon Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda muhandislar tayyorlanayotgani ham ma'lum bo'lgan.






