Parijdagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik uchun «Oʻzkimyosanoat» sportchilarimizga homiylik qilmoqda

“OʻZKIMYOSANOAT” AJ Tarmoq korxonalari tomonidan 2024-yil Parij shahrida bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik uchun 2,4 mlrd. so'm homiylik mablag'lari yo'naltirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil Parij shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisidagi qarorlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan Oʻzbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2,4 mlrd. soʻm homiylik yordamini koʻrsatish belgilangan.

Bugungi kunda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari tomonidan yuqorida ta’kidlangan 2,4 mlrd. soʻm homiylik mablagʻlari belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hisob raqamiga toʻliq oʻtkazib berildi.