Parvarishiga muhtoj va yolgʼiz yashovchi keksalarning har yili sanatoriylarda davolanishi tashkil etiladi

Keksalarni moddiy qoʼllab-quvvatlash, ularning holidan xabar olib, har kuni gʼamxoʼrlik qilish, eʼtiborni kuchaytirish boʼyicha mahalla darajasida tizim yaratiladi.
Jumladan:
16 mingdan ziyod oʼzgalar parvarishiga muhtoj va yolgʼiz yashovchi keksalarning har yili sanatoriylarda davolanishi tashkil etiladi;
25 ming nafar sharoiti ogʼir va kam taʼminlangan keksalarning dori-darmonlari, protez-ortopediya moslamalari davlat tomonidan olib beriladi, jarrohlik amaliyotlariga xarajatlari ham byudjetdan qoplab beriladi;
nuroniylar uchun stadion, tennis-kort, sport zallari, basseyn kabi sport inshootlariga oylik abonementining 540 ming soʼmgacha qismi qoplab beriladi;
keksalarning teatr va muzeylarga chipta olish xarajatlari ham toʼliq qoplab beriladi.
Turizm vaziriga viloyat hokimlari bilan birga 1-maydan boshlab keksa avlod vakillarini ziyoratgohlar, yangi barpo etilgan bogʼlar, madaniyat majmualari va markazlariga sayohatlarini boshlash topshirildi.






