Pashinyan partiyasi Armanistonda o'z hukumatini shakllantiradi

Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning «Гражданский договор» partiyasi parlament saylovlarida 53,92% ovoz bilan gʻolib bo'ldi.

«Yangi parlamentda "Гражданский договор" partiyasi ko‘pchilik o‘ringa ega bo'lib hukumatni shakllantiradi», - deb yozgan Nikol Pashinyan Facebook sahifasida.

Shuni ta'kidlash kerakki, hukumatni shakllantirish va bosh vazir lavozimiga nomzodlikni ilgari surish huquqlari parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo'lganlarda bo'ladi.