Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinladi

Bugun, 19-aprel kuni Vahobjon Abdug‘aniyevich Murotqobilov Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan.

Vahobjon Murotqobilov 1974-yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.