Paxta klasterlari yo‘q hududlarda fermerlar kooperatsiya tashkil qilishi mumkin

Paxta-to‘qimachilik klasterlari yo‘q hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kooperatsiya aʼzolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
kooperatsiya va ularning aʼzolari o‘rtasidagi shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan taʼminlash;
kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
kooperatsiya aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.






