Payme, Click, Paynet ilovalari orqali Turkiyaga yordam bering

O’zbekistondagi to’lov ilovalarida Turkiyaga yordam maqsadida maxsus qo’shimcha xizmat joriy etildi.

Ilovalar orqali quyidagi qadamlarni bajarish kifoya:

    Buning uchun mobil ilovadagi "To'lov" bo'limiga o'tiladi;
    "Yordam" tugmasi bosiladi;
    Menyudagi to'lov tugmalaridan biri tanlanadi;
    Kerakli bo'limlar to'ldiriladi va pul miqdorini yoziladi;
    "Davom etish" yoki "To'lov" tugmasi bosiladi.

Turkiyadagi asr falokati nomini olgan zilzila oqibatida zarar ko’rgan hududlarni qayta tiklashda siz ham o’z hissangizni qo’shing!