Pekin Olimpiadasi uchun rasmiy budjet 3,9 milliard dollarni tashkil etadi

Joriy yilning, 4-fevral kuni Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo’lib o’tadi. Iqtisodiy ko’rsatkichlarga ko’ra, Pekin Olimpiadasi uchun rasmiy budjet 3,9 milliard dollarni tashkil etadi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) an’anaviy tarzda o‘yinlarni tashkil etish xarajatlarining bir qismini moliyalashtirishi barchaga ma’lum. Shunday ekan, XOQ 2022-yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasiga 880 million dollar ajratdi, bu 3,9 milliard dollarlik rasmiy budjetning bir qismi hisoblanadi.
Chiptalar sotuvidan esa taxminan 118 million dollar daromad kutilgan edi. Ammo pandemiya chipta sotuvida ba’zi cheklovlar joriy etilishiga sabab bo'ldi. Shunga ko'ra, bu cheklovlar kutilgan daromadni bermasligi ham mumkin.
Xitoy rasmiylari Olimpiada o‘yinlari uchun tezyurar temir yo‘l qurilishiga 9 milliard dollar ajratgan.
2009-yilda Xitoy Pekindan Xebey provinsiyasidagi Chjantszyakou shahrigacha tezyurar (350 km/soat) temir yo'l qurishni boshlamoqchi edi. Ish 2014-yilda, Pekin qishki o'yinlarni o'tkazish huquqini qo'lga kiritishdan oldin boshlangan (ya'ni, bu loyiha olimpiadasiz ham amalga oshirilgan bo'lar edi). Shunga qaramay, Olimpiada Pekin-Chjantszyakou temir yo'li loyihasini amalga oshirishga ta'sir qiluvchi muhim omil bo'ldi.
Shuningdek, mazkur olimiadaga 14 nafar xalqaro (Coca-Cola, Intel, Alibaba, Toyota, Panasonic va boshqalar) va 45 nafar mahalliy homiylar jalb etilgan.
Olimpiadaning 45 ta mahalliy homiylari orasida Xitoyning Sinopec va CNPC neft-gaz korporatsiyalari, Xitoyning Davlat Grid korporatsiyasi va China Three Gorges korporatsiyasi elektr tarmoqlari, Yum China fast-fud restoranlari tarmog'i, shuningdek, bir nechta G'arb brendlari - Snickers shokolad barlari ham bor.
Ajablanarlisi shuki, Qishki Olimpiada o’yinlari 300 mln xitoy aholisini qishki sport turlari bilan shug’ullanishiga sabab bo’lgan. Xitoyning qishki sport turlarini tartibga soluvchi organining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil oxiriga kelib mamlakatda 803 ta changʻi markazi va 654 ta muz arenasi qurilgan.
Mintaqada qor juda ham kam bo’lganligi sababli Olimpiada uchun 1,2 million kubometr sun’iy qor ishlab chiqariladi. Ma’lumotlarga ko’ra, kerakli miqdordagi qorni hosil qilish uchun taxminan 600-700 ming dollar sarflanadi.






