Pekinda o‘tkazilayotgan Qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk oltin medal

Bugun ayollar chang‘i poygasida (skiatlon (7,5 km / 7,5 km) medallar uchun kurash olib borildi. Natijada norvegiyalik chang‘ichi Tereza Yoxaug musobaqada birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu bahsda rossiyalik sportchi Natalya Nepryayeva ikkinchi o‘rinni egallab, dastlabki kumush medal sohibiga aylangan bo‘lsa, birinchi bronza medal avstriyalik chang‘ichi Tereza Stadloberga nasib etgan.






