Pentagon rahbari Afg'onistonga tashrif buyurdi

Manbalarda xabar berilishicha, AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kobulda kutilmagan tashrif bilan keldi va uning Afg'oniston yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Prezident Ashraf G’ani yakshanba kuni AQSh mudofaa vaziri bilan uchrashdi va ikkovlari ham mamlakatda kuchayayotgan zo'ravonliklardan xavotirda ekanliklarini bildirdilar, deyiladi prezident saroyi bayonotida.

Ashraf G'ani va AQSh mudofaa vaziri barqaror va adolatli tinchlik Afg'onistondagi mavjud vaziyatni hal qilishning asosiy yechimi ekanligini ta'kidladilar, janob Ostin Qo'shma Shtatlar bu borada Afg'onistonni qo'llab-quvvatlashini aytib o’tdi, deyiladi bayonotda.

Uning safari Hindistonga tashrif buyurganidan so'ng amalga oshirildi va u hindistonlik hamkasbi bilan harbiy aloqalarni kengaytirishga va'dalashib, Xitoyning Hind-Tinch okeanidagi ta'siri kuchayib borayotganidan xavotirda bo'lgan ikki mamlakat o'rtasidagi mudofaa aloqalarining mustahkamlanishini ta'kidladi, deya xabar beradi Associated Press.

Uning safari AQSh toliblar bilan Doha kelishuvini ko'rib chiqayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda, bunda 1 maygacha Afg'onistondan qo'shinlarni olib chiqish bo’yicha gap ketganda, barcha variantlar ochiq qoldirilmoqda.

Ikki manbaga iqtibos keltirgan holda, NBC News o'tgan hafta Prezident Jo Bayden Afg'onistondagi AQSh qo'shinlarini Doha kelishuvida belgilangan 1-maygacha olib chiqish o'rniga, noyabrgacha saqlab qolish haqida o'ylayotgani haqida xabar tarqatdi.

O'zining milliy xavfsizlik jamoasi a'zolari bilan yaqinda bo'lib o'tgan munozaralarda Bayden Mudofaa vazirligining 1 maydan keyin AQSh qo'shinlarini Afg'onistonda saqlashga qaratilgan harakatlariga qarshi ekanligini bildirdi, deyiladi NBC News tomonidan. Ammo uni olti oyga uzaytirish haqida o'ylab ko’rishga ishontirishdi.