Peruda yosh sablyachilarimizdan oltin «dubl»

Peru mezbonlik qilgan yigitlar o‘rtasidagi sablya dasturida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham yakkalik, ham jamoaviy yo‘nalishda g‘alaba qozondi.
Shaxsiy birinchilikda Musa Aymuratov barcha raqiblarini katta ustunlik bilan dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur dasturda Islombek Abdazov va Azizbek Dauletnazarov bronza medallariga ega chiqishdi. Ushbu trioga qo‘shilgan Zuhriddin Qodirov jamoaviy dasturda oltin medal qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shdi.
Shpagachi qizlarimiz Isroil, yigitlarimiz Bahraynda o‘tgan bosqichda yakkalik bellashuvida chorak finalgacha yetib borishdi. Jamoaviy dasturda finalda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan qizlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, yigitlarimiz musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunlashdi.






