«Piramit Tower» Toshkentdagi eng yirik xalqaro loyiha

Joriy yilning 6-oktabr kuni “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Koç Construction” kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan eng yirik loyihalardan biri sanalgan “Piramit Tower” loyihasi faoliyatiga 1 yil to’lishi munosabati bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanda kompaniya vakillari, OAV vakillari va mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbirda “Koç Construction” kompaniyasi faoliyati hamda, Toshkentdagi eng yirik loyihalardan biri sanalgan “Piramit Tower” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumot o’rnida, “Piramit Tower” 3 qit’a hamda 9 mamlakatda 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan “Koç Construction” kompaniyasining yarim asrlik tajribasi asosida barpo etilayotgan mamlakatimizdagi eng yirik loyihalardan biri sanaladi.
Ko’p qirrali mazkur loyiha, Toshkent uchun “Piramit Tower” yaʼni, “Piramit Ofislari”, “Piramit turar-joy majmuasi” va “Piramit savdo majmuasi” markazlari bilan birgalikda aholi uchun yuqori darajali qulaylik taqdim etadi.
Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, yangi formatdagi va mutlaqo zamonaviy standartlar asosida qad rostlayotgan mazkur loyiha qariyib 185 metr balandilkdagi bino ichida ofis, savdo markazi, restoran, sport va ko’ngilochar majmualarini bir nuqtada jamlamoqda.






