Maldivdagi suzuvchi shahar

Maldiv poytaxti Male shahridan qayiqda bor yo'g'i 10 daqiqa masofada joylashgan feruza rangli lagunada 20 000 kishini sig'dira oluvchi suzuvchi shahar qad rostlamoqda.

Miya shaklini eslatuvchi shahar 5000 ta suzuvchi birlikdan tashkil topadi, jumladan uylar, restoranlar, do'konlar, maktablar va ularning orasida kanallar o'tadi. Dastlabki bloklar shu oyda taqdim etiladi. Aholi 2024-yil boshida koʻchib oʻtishni boshlaydi. 2027-yilgacha kelib esa, butun shahar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

1190 ta pasttekislik orollaridan iborat arxipelag boʻlgan Maldiv orollari iqlim oʻzgarishiga eng zaif nuqtalardan biri hisoblanadi. Uning dengiz ostida qolish xavfi bor.

Ushbu suzuvchi shahar taqdim etilgan taqdirda, u dengiz bilan birga ko'tarilishi mumkin. Bu Maldiv orollarining yarim milliondan ortiq aholisi uchun "yangi umid", dedi shahar dizaynini yaratgan Waterstudio arxitektura firmasi asoschisi Koen Olthuis.

“Bu hamyonbop uy-joylar, katta jamoalar va shaharlar xavfsiz bo’lishini isbotlaydi. Shu tariqa, Maldivliklar iqlim qochqinlaridan iqlim innovatorlariga aylanadilar”, dedi u CNN telekanaliga.