O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi va Butunjahon etnosport konfederatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Turkiyada o’tkazilayotgan V etnosport madaniyat festivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Najmiddin Bilol Erdo‘g‘onga O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari ensiklopediyasi ham taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, ushbu ensiklopediya Najmiddin Bilol Erdo‘g‘onda ijobiy taassurot qoldirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum asosida O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasini Butunjahon etnosport konfederatsiyasi a’zoligiga qabul qilish yuzasidan ariza topshirildi.
P.S. Turkiyada V etnosport madaniyat festivali 12-iyunga qadar davom etadi.






