Pokiston bilan savdo va barcha turdagi transportda yuk tashish bo'yicha yangi bitim

16-iyul kuni O'zbekiston xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasining raisi Hokim Matchonov va TCS Private Ltd Pokiston korporatsiyasi raisi janob Xolid Avan o'rtasida O'zbekiston va Pokiston transport aloqalari to'g'risida bitim imzolandi.
Tomonlar Afg'oniston Islom Respublikasi hududi orqali multimodal tranzit tashish uchun bosh qarorgohi Toshkent, Termiz va Islomobod, Karachida joylashgan qo'shma transport korxonasini tashkil etishga kelishib oldilar.
Ushbu tadbir Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan birinchi o'zbek-pokiston biznes forumi doirasida bo'lib o'tdi.






