Pokiston bosh vaziri Imron Xon lavozimidan chetlatildi

Pokiston parlamenti Bosh vazir Imron Xonga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilib, uni lavozimidan chetlatdi. Muxolifat tomonidan korrupsiyada ayblangan Bosh vazirning iste'fosi uchun 342 deputatdan 174 nafari ovoz berdi.
Uchrashuvdan bir necha soat oldin esa Pokiston poytaxtidagi hukumat okrugiga yuzlab politsiyachilar olib kirildi.
Muxolifat hukumat boshlig'i, sobiq professional kriketchi ustidan qozonilgan g'alabani nishonladi.
"Bugun biz bu yerga demokratiya gʻalabasini nishonlash uchun yigʻilganmiz. Imron Xon yolgʻon vaʼdalar berib, xalqni oʻziga jalb qilmoqchi boʻldi. Endi uning soʻnggi soati keldi, u oxirgigacha kurashaman dedi, lekin bugun koʻrmayapmiz-ki u shu yerda”, deydi namoyishchilardan biri.
Xon bor kuchini ishga solib, parlamentni tarqatib yuborishga qadar hokimiyatda qolishga harakat qildi. Ammo o‘tgan hafta Oliy sud bosh vazirning barcha xatti-harakatlarini noqonuniy deb topdi. Parlament yana yig'ilib, ovoz berishga muvaffaq bo'ldi.
Xon o‘zini AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan fitna qurboni ekanini ta’kidlab, o‘z tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga undamoqda. Siyosatchiga ko‘ra, uning “Pokiston oqimi” gaz quvuri loyihasi bo‘yicha Moskva bilan kelishib olgani Vashingtonga yoqmagan. AQSh bu ayblovlarni rad etadi.






