Pokiston Bosh vaziri Samarqandga yetib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.