Pokistonda " Shavkat Mirziyoyev-uzoqni ko'zlagan davlat arbobi – kitobi chop etildi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirligida bugun Pokistonda chop etilgan "Shavkat Mirziyoyev - uzoqni ko'zlagan davlat arbobi" ("H. E. Shavkat Mirziyoyev A visionary statesman") nomli tahliliy maqolalarni o'z ichiga olgan kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

Islomoboddagi Global va Strategik Tadqiqotlar Markazi (GSTM) tomonidan O'zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan kitob Pokistonning taniqli ekspertlari, olimlari va yosh tadqiqotchilari tomonidan yozilgan 14 ta tahliliy maqolani o'z ichiga oladi.

Kitobning materiallari, shuningdek, ilgari Pokistonning "Islamabad Post", "Diplomatic News Agency", "Centreline", "National Herald Tribune" kabi tahliliy markazlarining veb-saytlari va yetakchi gazetalari, jurnallari, maxsus ruxsatnomalari sahifalarida to'liq nashr etilgan.