Polshadagi ko‘rgazma yakuni bo‘yicha o‘zbekiston to‘qimachilari bilan 45 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi

1-3 dekabr kunlari "Ptak Warsaw Expo" koʻrgazmasida boʻlib oʻtgan Yevropadagi eng yirik xalqaro toʻqimachilik koʻrgazmalaridan biri boʻlgan
"Fast Textile 2021"da Oʻzbekistonning 45 ta toʻqimachilik kompaniya delegatsiyasi ishtirok etdi.

Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, har yili ushbu koʻrgazmaga Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va Polsha import qiluvchi kompaniyalari tomonidan qiziqish ortib borayotgan edi. Statistik ma'lumotlar ko'ra 2018-yilda O‘zbekistondanning 7 ta kompaniyasi 15 million dollarlik va 2019-yilda mamlakatimizning 15 ta kompaniyasi bilan 20 million dollarlik shartnoma imzolagan edi, 2022-yil uchun esa mazkur ko‘rgazma doirasida 45 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi.