Polshaning Katovitse shahridan Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz maxsus samolyotda uchib ketdi

2022 yil 28 fevral Toshkent vaqti bilan taxminan 17:15da Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways " AJ maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz bilan uchib ketdi. Ular orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli sohalar xodimlari bor deya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot bermoqda.
Ayni paytda "Karchova" nazorat-o‘tish punktida Ukrainaning Lvov shahridan kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘planish nuqtasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan, bugun kun davomida yurtdoshlarimizni olib ketish uchun yana bir maxsus samolyot tashkil etiladi.






