Poytaxt ko’chasida qoidabuzarlikni aniqlovchi aqlli fotoradar oʼrnatildi

Toshkentdagi Аlisher Navoiy koʼchasida Аvstriyaning “Glans Gresselchaft Tashkent” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yoʼl chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qator qoidabuzarliklarni aniqlovchi aqlli foto va videoradar oʼrnatildi.
Ta’kidlanishicha bu Toshkent shahar hokimligi tomonidan Avstriya kompaniyasining taklifiga binoan amalga oshirilgan. Shuningdek, qayd etilishicha ayni damda uskuna sinov jarayonlarida. Agar sinov muvaffaqiyatli yakunlansa, u poytaxt yo’llarining eng muammoli hududlarida ishga tushirilishi kutilmoqda.






