Poytaxt markazinig qator kochalari vaqtinchalik yopiladi

Shahrimizda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 2023-yilning 19-fevral kuni soat 07:00 dan soat 09:30 gacha Toshkent markazidagi bir qancha ko'chalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklaniladi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.

• Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi kesishgan joyigacha;
• Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
• Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
• Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha,
• Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonigacha bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi.