Poytaxt metrosining yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati cheklanishi ma’lum qilindi

“2022-yil 16-dekabr sanasidan metro temir yo‘llarida bajarilishi lozim bo'lgan texnik ishlar hamda o'rnatilgan qurilmalarni texnik ko'rikdan o'tkazish maqsadida metropolitenning "Yer usti halqa yoʼli" yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi”,- deya qayd etilgan Toshkent metropoliteni xabarida.






