Poytaxtdagi ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlari cho'zilishi mumkin

"Toshshahartransxizmat" xabarida qayd etilishicha, noqulay ob-havo sharoitida avtomobillarining yo‘llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlari cho'zilishi mumkin.
Shuningdek, bugun poytaxtda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli, barcha haydovchilardan tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlari, piyodalar esa yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlari so'ralmoqda.
Shu bilan birga, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarda, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslik, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlari ta'kidlanmoqda.






