11-12 mart kunlari poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalari yopiladi

12-mart kuni Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “V International Tashkent Marathon”, “Yangi nafas” “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o`tkaziladi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati.
2023-yilning 11-mart kuni soat 10:00 dan 12-mart kuni soat 16:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan
chorrahadan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
2023-yil 12-mart kuni soat 06:00 dan soat 14:00 gacha:
Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan
chorrahadan Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan
chorrahadan Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Islom Karimov ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasi bilan
kesishgan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Afrosiyob ko‘chasi – Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishgan
chorrahadan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Shahrisabz ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan
Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Oybek ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan
Nukus ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Istiqbol
ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Istiqbol ko‘chasi bilan kesishgan
chorrahadan Abay ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.






