Pravani yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1-martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Bu maʼlumot mutlaqo o‘rinsiz!
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010–2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013–2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.






