Prezident 140 nafar fuqaroni avf etdi

Navro'z milliy bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev "Qilgan qilmishidan chin dildan pushaymon bo’lgan va tuzatish yo'liga qat'iy o'tgan jazoni o'tayotgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida"gi Farmonni imzoladi.

Jinoyat sodir etganligi uchun jazo o'tayotgan 140 nafar fuqaro avf etildi, ular qilmishlaridan chin dildan pushaymon bo’lib, tuzatish yo'liga qat'iy o’tdilar.

Afv etilganlardan 4 nafari asosiy jazoni o'tashdan to'liq ozod qilindi, 69 kishi shartli ravishda jazoni o'tashdan ozod qilindi, 8 kishiga tayinlangan jazo yengilrog’i bilan almashtirildi. Bundan tashqari, 59 kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qisqartirildi.

Afv etilganlar orasida - 12 ta xorijiy davlat fuqarolari, 60 yoshdan oshgan 9 ta erkak, 13 ta ayol, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 14 kishi bor.