Prezident Administratsiyasi rahbari BAA Hukumat ishlari boʼyicha vazirini qabul qildi

Joriy yilning 3-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Umurzakov Sardor Uktamovich Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʼyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviyni qabul qildi.
Qabul doirasida ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuni taʼkidlash joizki, BAA hukumati har bir yoʼnalishda Oʼzbekiston Respublikasi davlat organlari salohiyatini oshirishda yaqindan koʼmak berib kelmoqda.
Muhokamalar jarayonida bir qator yangi tashabbuslar va dasturlar haqida fikr almashinildi.






