Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.ida ko‘zda tutilgan.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-yil avgustidan buyon Prezident Administratsiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Ilgari u Shavkat Mirziyoyev mamlakat bosh vaziri bo‘lib ishlagan vaqtida uning yordamchisi bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston bosh vaziri kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.






