Prezident АQSh delegatsiyasini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun kongressmenlar Trent Kelli va Derin Laxud ishtirokidagi АQSh delegatsiyasini qabul qildi.

Oʼzbekiston bilan АQSh oʼrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va koʼp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʼrib chiqildi.

Parlamentlar oʼrtasida faol almashinuvlarni hamda kongressmenlar vakillik qilayotgan Missisipi va Illinoys shtatlari bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.