Prezident «Аta-Beyit» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Qirgʼizistonga davlat tashrifi bilan borgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Аta-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari 1916-yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bagʼishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qoʼyishi koʼzda tutilgan. Shuningdek, Prezident yozuvchi Chingiz Аytmatovning qabrini ham ziyorat qiladi.






