Prezident «Belaz» samosvali ruliga o‘tirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 iyul kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi.
Davlat rahbari kombinatga tashrifi davomida tog‘-kon sanoati tenikasini ko‘zdan kechirdi, «Belaz» samosvali rulida o‘tirib, mazkur avtomobil haydovchisi bilan suhbatlashdi.
Mazkur zavodda Olmaliq konlari asosida rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.






