Prezident bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshiradi

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʼmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʼilishi boʼlib oʼtadi.
Soʼng davlatimiz rahbari Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali faoliyati bilan tanishadi.
Shuningdek, Prezidentimiz Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshiradi.






