Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyеvning farmoniga ko’ra, 25-oktabr ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari mukofotlandi.

Prezident farmoni bilan, mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi koʼp yillik samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʼshgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini koʼrsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun bir guruh xodimlar “Mardlik” ordeni, “Doʼstlik” ordeni, “Jasorat” medali, “Sodiq xizmatlari uchun” medali va “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.