Prezident Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

Shuningdek, davlat rahbari onkogematologik yordam sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar, onalik va bolalik muhofazasini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari bilan oʼtkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan yigʼilish oʼtkazadi.