Prezident Duarte Pacheko va Martin Chungongni qabul qildi

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va Bosh kotibi Martin Chungongni ham qabul qildi.

Uchrashuvda barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsad va vazifalarga erishish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ittifoqning Innovatsiyalar markazi bilan aloqalar kabi yoʼnalishlarda oʼzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.